WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 OktabrOktabrOktabr 2024 7 ko'rishlar

NamMTI va Pop 3-son Politexnikumi: Yangi bosqichdagi hamkorlik uchun muhim qadamlar.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi institut rahbariyati Pop tumanidagi 3-son Politexnikum rahbariyatini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va viloyatdagi kasb-hunar ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur farmonga asosan, NamMTIga viloyatimizdagi jami 6 ta politexnikum, jumladan, Pop 3-son Politexnikumi ham biriktirilgan. Bu tashabbus doirasida politexnikumlarning o‘quv-uslubiy, ilmiy, va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda institut olimlari va mutaxassislari yordamida darsliklar yaratish, axborot-kutubxona resurslaridan keng foydalanish, va zamonaviy ta’lim uslublarini joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash dasturlari ham belgilandi.

Bu hamkorlik politexnikumlarning ta’lim sifatini oshirishga, yoshlarni yuqori malakali kadrlar sifatida yetishtirishga xizmat qiladi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar