WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 AprelAprelAprel 2026 19 ko'rishlar

NamDTU – Malayziya: yangi ilmiy hamkorliklar boshlanmoqda!

NamDTU – Malayziya: yangi ilmiy hamkorliklar boshlanmoqda!

Namangan davlat texnika universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida Malayziyaning nufuzli Universiti Malaysia Pahang Al-Sultan Abdullah (UMPSA) bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv NamDTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilhomjon Abdurahmanov boshchiligidagi delegatsiyaning UMPSAga amalga oshirilgan rasmiy tashrifining mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.

Muzokaralarni I.Abdurahmanov hamda UMPSA “Sanoat fanlari va texnologiyalar” fakulteti dekani Aizi Nor Mazila ochib berib, ikki oliygoh o‘rtasidagi istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Muhim kelishuvlar:

kimyo muhandisligi, ekologiya, fizika va biotexnologiya yo‘nalishlarida ikki universitet olim va tadqiqotchilaridan iborat 4 ta qo‘shma ilmiy guruhlar tashkil etish;

nufuzli xalqaro jurnallar uchun qo‘shma ilmiy maqolalar chop etish;

xalqaro grantlar va innovatsion loyihalarda birgalikda ishtirok etish;

talabalar va tadqiqotchilar uchun “Summer School” dasturlarini yo‘lga qo‘yish

qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini, shuningdek,

xalqaro ilmiy konferensiyalarni birgalikda tashkil etish.

Uchrashuv davomida aniq vazifalar belgilab olinib, mas’ullar tayinlandi.

Bu hamkorlik NamDTUni global ilm-fan maydonida yanada faollashtirib, talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratadi!

Boshqa yangiliklar