NamDTU xalqaro maydonda: Samarqandda muhim akademik muloqotlar markazida
NamDTU xalqaro maydonda: Samarqandda muhim akademik muloqotlar markazida
Joriy yilning 13–14 aprel kunlari Samarqand shahrida tashkil etilgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressida Namangan davlat texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilhomjon Abdurahmanov ishtirok etdi.
Nufuzli xalqaro tadbirda turli davlatlardan oliy ta’lim tizimi vakillari, jumladan universitetlar rektor va prorektorlari, xalqaro bo‘lim rahbarlari hamda ekspertlar — jami 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Kongress doirasida O‘zbekiston–Polsha rektorlarining 4-forumi ham bo‘lib o‘tdi. Forum davomida bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Mazkur kongress xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.