NamDTU Yaponiyaga yo‘l ochmoqda: talabalar uchun yangi global imkoniyatlar!
NamDTU Yaponiyaga yo‘l ochmoqda: talabalar uchun yangi global imkoniyatlar!
Toshkent shahrida Namangan davlat texnika universitetida Yaponiya bilan hamkorlikda “Karyera markazi”ni tashkil etish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda NamDTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilhomjon Abdurahmanov, Toshkent davlat texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Shavkat Azimov, Yaponiyaning SOAFS korporatsiyasi bosh menejeri Reiko Hamada hamda ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Ma'murjon Xalnazarov ishtirok etdilar.
Muzokaralar markazida — talabalar uchun real xalqaro karyera imkoniyatlarini yaratish:
eng iqtidorli talabalarni saralash va tayyorlash;
Yaponiya kompaniyalarida ish imkoniyatlari;
yapon mutaxassislari ishtirokida treninglar;
zamonaviy “Karyera markazi”ni tashkil etish.
Tomonlar ushbu tashabbusni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini ham kelishib oldilar.
Endilikda NamDTU talabalari uchun Yaponiya mehnat bozoriga chiqish real imkoniyatga aylanmoqda!
Mazkur loyiha yosh mutaxassislarning global raqobatbardoshligini oshirish va ularni yetakchi xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.