NamDTU vakillari Qirg‘iziston davlat texnika universitetida hamkasblari bilan tajriba almashmoqda
NamDTU vakillari Qirg‘iziston davlat texnika universitetida hamkasblari bilan tajriba almashmoqda
NamDTU vakillari Qirg‘iziston davlat texnika universitetida hamkasblari bilan tajriba almashmoqda
NamDTU Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Qirg‘iziston Davlat texnika universitetiga keldi.
Mazkur safar doirasida delegatsiya a’zolari ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qildi.
Safar davomida Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi mudiri Sh. Raxmanov boshchiligida universitet rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar samimiy va konstruktiv davom etmoqda.
Mazkur safar nafaqat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, balki mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda ham muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Kelgusida ushbu hamkorlik doirasida yangi loyihalar, innovatsion tashabbuslar va ilmiy izlanishlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.