NamDTU vakillari Xitoy universitetida xalqaro ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etmoqda
NamDTU vakillari Xitoy universitetida xalqaro ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etmoqda
NamDTU vakillari Xitoy universitetida xalqaro ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etmoqda
Namangan davlat texnika universiteti Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi professori Sh. Qorabayev, kafedra dotsenti J. Shodmonov hamda universitet ilmiy tadqiqodchisi Ahror Tursunov Xitoyning Taiyuan fan va texnologiyalar universitetida xalqaro ilmiy-tadqiqot (internship) dasturida ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida nano-tola asosidagi superkondensatorlar energiya sig‘imini oshirish, havodagi nanochang zarrachalarini aqlli filtrlar orqali ushlash hamda ushbu jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Yakunda olingan natijalar asosida xalqaro nufuzli jurnallarda qo‘shma maqolalar chop etish rejalashtirilgan.