WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 AprelAprelAprel 2024 7 ko'rishlar

“Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti TDYU 2–4-kurs talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 70 foizdan kam bo‘lmasligi hamda rus tilini bilishi talab etiladi.

Akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 1-mayga qadar quyidagi hujjatlarni dekanatlarga taqdim etishi lozim:
– akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– sertifikatlar (ixtiyoriy);
– bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Loyiha 2024/2025-o‘quv yilining kuzgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

Boshqa yangiliklar