WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
03 MartMartMart 2026 20 ko'rishlar

KOICA delegatsiyasi bilan istiqbolli loyiha yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi

Korea International Cooperation Agency (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan ekspertlar delegatsiyasi Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif institut koreys tili o‘qituvchisi N.Xo‘janazarova tomonidan ilgari surilgan loyiha taklifi asosida tashkil etilib, uning amaliy imkoniyatlari va istiqbollari ekspertlar tomonidan o‘rganildi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari koreys tili o‘qituvchilari hamda mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar bilan fikr almashdi. Loyihaning qurilish va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha mas’ullar institut infratuzilmasi bilan tanishdi.

Ikkinchi kuni institut rektori Rivojiddin Karimov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida yakuniy taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida institutni koreys tili va madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha hududiy HUB (asosiy) markazga aylantirish, Namangan hududida Koreys tili markazini tashkil etish hamda sun’iy intellekt asosida koreys tilini o‘qitish dasturini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, koreys tili mutaxassislarini zamonaviy raqamli platformalar bilan ishlashga tayyorlash va ta’lim jarayonini raqamlashtirilgan manbalar bilan ta’minlash loyihaning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Tomonlar loyiha bo‘yicha muzokaralarni 2027-yilga qadar davom ettirish va bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Boshqa yangiliklar