NIU va Neville Wadia Institute o‘rtasida yangi hamkorlik
Navoiy innovatsiyalar universiteti Hindistonning nufuzli Neville Wadia Institute of Management Studies and Research oliy ta’lim muassasasi bilan yangi akademik hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.
Hindistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Neville Wadia Institute of Management Studies and Research bilan ham Hamkorlik Memorandumi (Memorandum of Understanding – MoU) imzolandi. Mazkur kelishuv ikki tomonlama akademik va ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, ta’lim sifati hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Imzolangan memorandumga muvofiq, tomonlar elektron o‘quv materiallari va ilmiy resurslar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar almashinuvi, talabalar va xodimlar uchun xorijda ta’lim olish hamda malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Shuningdek, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa akademik tadbirlarni tashkil etish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash va yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.