WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 AprelAprelAprel 2026 4 ko'rishlar

UrDU muzeyi va TIKA hamkorligi: Raqamli tarix va yangi loyihalar sari

Turkiyaning TIKA agentligi delegatsiyasi Urganch davlat universiteti huzuridagi muzeyga tashrif buyurdi. Uchrashuvda 2026-yilga mo‘ljallangan yirik ilmiy va madaniy loyihalar belgilab olindi.

Urganch davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda Turkiya hamkorlik va muvohiqlashtirish agentligi (TIKA) o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. TIKA ko‘magi bilan muzey zamonaviy IT-uskunalar va interaktiv multimedia vositalari bilan jihozlanib, tarixiy merosni raqamlashtirish imkoniyati yaratilgan edi.

Bugun, 27-mart kuni TIKA Prezidenti o‘rinbosari Ali Yujel hamda vakolatxona rahbari Esin Ajar Ergin boshchiligidagi delegatsiya muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida 2026-yilga mo‘ljallangan quyidagi istiqbolli rejalar kelishib olindi:

  • Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish;

  • “Xorazm vohasi” mavzusida maxsus fotoko‘rgazma o‘tkazish;

  • “Yosh tarixchilar maktabi” loyihasini yo‘lga qo‘yish;

  • Ilmiy diplomatiya va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish.

Bu hamkorlik nafaqat tarixiy xotirani asrash, balki xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa yangiliklar