08 SentabrSentabrSentabr 2025
77 ko'rishlar
Yangi talabalar universitet bilan yaqindan tanishmoqda.
Qoʻqon davlat universitetida yangi oʻquv yilining dastlabki kunlari Tanishtiruv haftaligi tadbirlari bilan boshlandi. Anʼanaga koʻra, ushbu haftalik 1-bosqich talabalari uchun universitet hayotiga qadam qoʻyishda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.
Xususan, Sanʼat va sport fakulteti, Gumanitar fanlar va tillar fakulteti talabalari uchun ham fakultet jamoasi hamrohligida ekskursiyalar va turli tanishtiruv tadbirlari tashkil etilib, ular universitet infratuzilmasi, imkoniyatlari hamda talabalik hayotining ilk qoidalari bilan yaqindan tanishtirildi.