WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 YanvarYanvarYanvar 2025 34 ko'rishlar

Yangiliklar

Turkiyaning Mush Alparslan universiteti bilan hamkorlik oʻrnatildi

Turkiyaning Mush Alparslan universiteti bilan hamkorlik oʻrnatildi

Navoiy davlat universiteti va Turkiyaning Mush Alparslan universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi.  

Unga koʻra, ikki oliy taʼlim muassasalari hamkorligida ilmiy metodik konferensiyalar tashkil etish, ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar, darslik va metodik materiallar tayyorlash, soha mutaxassislari, talabalar hamda professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, tajriba almashish va zamonaviy ilmiy-metodik dasturlarni amaliyotga keng joriy etish kabi hamkorlik ishlari olib boriladi.

Maʼlumot oʻrnida, Mush Alparslan universiteti Turkiya Respublikasining  Mush shahrida joylashgan. Universitet 2007-yilda tashkil topgan bo‘lib, oliygohda 3 ming nafar talaba tahsil oladi.

Boshqa yangiliklar