Yangiliklar
Navoiy davlat universitetida Indoneziya davlatining Muhammadiyah Yogyakarta universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yildi. Ushbu hamkorlik asosida Talabalar almashuvini dasturi yo`lga qo`yildi. 2025-yilning sentyabr oyidan bir guruh talabalar Navoiy davlat universitetiga mazkur dastur orqali kelishi kutilmoqda.
Navoiy davlat universiteti va Indoneziyaning Muhammadiyah Yogyakarta universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Joriy yilning may oyida Navoiy davlat universiteti bilan Indoneziyaning yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Muhammadiyah Yogyakarta universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Tomonlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ta’lim, fan va madaniyat sohalarida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Mazkur hamkorlik doirasida universitetlar o‘rtasida talabalar almashinuvi dasturi ham yo‘lga qo‘yildi. Ushbu dasturga muvofiq, Navoiy davlat universitetining iqtidorli va faol talabalari bir semestr davomida Indoneziyada, Muhammadiyah Yogyakarta universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xuddi shuningdek, indoneziyalik talabalar ham Navoiy davlat universitetiga tashrif buyurib, bir semestr mobaynida o‘qishlari rejalashtirilgan.
Talabalar almashinuvi dasturi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashish, xalqaro ta’lim muhitini rivojlantirish hamda talabalar bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur hamkorlik Navoiy davlat universitetining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda talabalarga xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini yaratishga qaratilgan strategik tashabbuslarning uzviy davomidir.