WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 AprelAprelAprel 2024 48 ko'rishlar

Qo‘qon davlat pedagogika instituti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Nigora Qodirova va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Shahnoza Qarshiyevalar Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi.

12-aprel kuni Akmulla nomidagi Boshqird davlat universitetida “Yevroosiyo makonida madaniyatlararo muloqot” nomli Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Pedagogik tajriba almashish, sohaga oid so‘nggi tadqiqot natijalarini muhokama qilish va ommalashtirishga qaratilgan mazkur konferensiya har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi

Konferensiya ishida bevosita ishtirok etgan vakillarimiz pedagog kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolariga qaratilgan ma’ruzalar o‘qishdi. Xususan, prorektor Nigora Qodirovaning "Alpomish" dostonining adabiyotlararo tizimdagi o‘rniga bag‘ishlangan ma’ruzasi yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, tashrif doirasida Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Boshqird davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining kelgusi istiqbollari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar