WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 OktabrOktabrOktabr 2025 24 ko'rishlar

NIU “THE World Academic Summit -2025” da to‘laqonli ishtirok etishdi.

Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Saudiya Arabistononing Jidda viloyatining Tuval shahrida joylashgan King Abdullah University of Science And Technology oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan “THE World Academic Summit -2025” da to‘laqonli ishtirok etishdi.

Navoiy Innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Saudiya Arabistonining Tuval shahridagi King Abdullah University of Science and Technologyda o‘tkazilgan THE World Academic Summit 2025 sammitida ishtirok etdi. Sammitda dunyoning yetakchi universitetlari rahbarlari, siyosatchilar va innovatorlar qatnashdi. Tadbir davomida universitetlar reytinglari, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Sun’iy intellekt bo‘yicha taniqli olim Yürgen Shmidhuber bilan ochiq suhbat tashkil etildi. Delegatsiya AACSB vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, Indoneziyaning SBM ITB universiteti xalqaro akkreditatsiya va akademik hamkorlik yo‘nalishlarida NIUni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Boshqa yangiliklar