WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 NoyabrNoyabrNoyabr 2024 30 ko'rishlar

#18_noyabr #bayrogʻim_faxrim

Qo‘qon davlat pedagogika institutida bayrog‘imiz qabul qilingan kun keng nishonlandi.

Mustaqil davlatchiligimiz ramzlaridan bo‘lgan bayrog‘imiz o‘zida Vatanimiz o‘tmishi va bugunining muhim qirralarini aks ettiradi. Yurt bayrog‘iga nisbatan hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, uning ulug‘vorlik kasb etuvchi mohiyat mundarijasini anglash barchamiz uchun muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutida ham milliy yuksalish mujassam ulug‘vor Vatan timsoli, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi.

Sana munosabati bilan fakultetlarda tantanali tadbirlar tashkil qilindi. Unda so‘z olganlar yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi. Bayrog‘imizning davlat ramzi sifatidagi mazmun-mohiyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati talabalar tomonidan tashkil etilgan chiqishlarda o‘z aksini topdi.  

Ta’kidlanganidek, muqaddas tug‘imiz eng oliy sahnalar, eng yuqori marralarda, jahon arenalarida, nufuzli sport musobaqalarida baland ko‘tarilib, Yangi O‘zbekistonning chinakam bo‘y-bastini namoyon etayotgani barchada g‘urur va iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdiradi.

Boshqa yangiliklar