O‘zMU professorlari Moskva Davlat universitetining Moskva iqtisodiyot maktabida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda
O‘zMU professorlari Moskva Davlat universitetining Moskva iqtisodiyot maktabida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda
Joriy yilning 21-fevral kuni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabida “Strategiya nazariyasi va amaliyoti” VII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Mazkur konferensiya MDU Moskva iqtisodiyot maktabining “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” kafedrasi, MDU Strategik tadqiqotlar markazi hamda boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Milliy universiteti professorlari, Iqtisodiyot fakulteti dekani Abduvahob Umarov hamda “Davlat va korporativ strategiyalar” kafedrasi mudiri Avazbek Sodiqovlar ishtirok etishdi.
21-22-fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur xalqaro anjumanning ilk kunida sessiyaning ochilishi, “Strategiya nazariyasi va metodologiyasi” yalpi majlisi va strategiya bo‘yicha turkum kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur sessiyada Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vladimir Lvovich Kvintning 75 yilligi munosabati bilan taqdirlash marosimi tashkil etildi. Vakillarimiz ushbu munosabat bilan akademik Lvovichga O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidovning tabrigini yetkazishdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zMUda Moskva Davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabining “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” kafedrasi bilan hamkorlikda (akademik Lvovich ilmiy rahbarligida) yangi “Davlat va korporativ strategiyalar” kafedrasi tashkil etilgan.

