22 MayMayMay 2026
7 ko'rishlar
ODTI TALABALARI — MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI SIFATIDA YANGI ZAFARNI QO‘LGA KIRITDI!
Olmaliq davlat texnika instituti talabalari yana bir bor ilm-fan, intellekt va salohiyat maydonida yuksak natijalarni namoyon etdi!
Institutimizning iqtidorli talabalari — Abdullayeva Nigina, Eraliyev Husnidin, Jo‘raboyeva Odina, Niyozmamadova Nigina hamda Saydulloyev Sirojiddin “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining yakuniy Respublika final bosqichida faol ishtirok etib, Olmaliq davlat texnika instituti sha’ni va bayrog‘ini munosib himoya qildilar.
⚠️ Ayniqsa, jamoamiz faxri Abdullayeva Nigina tanlovda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, institutimizga faqat 1-o‘rin munosib ekanini amalda isbotladi!
❤️🔥 Bu yutuq — yoshlarning ilmga chanqoqligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda institutimizda yaratilayotgan zamonaviy ta’lim muhiti natijasidir.
💯 Olmaliq davlat texnika instituti — iste’dodlar kamol topadigan, g‘oliblar yetishib chiqadigan maskan!
👏 G‘olib va finalchi talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga bundan-da ulkan zafarlar tilaymiz!