WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 MartMartMart 2026 12 ko'rishlar

OMOUS-2026: Dunyoning yosh matematiklari yana bir joyga jamlandi

OMOUS-2026: Dunyoning yosh matematiklari yana bir joyga jamlandi

OMOUS-2026: Dunyoning yosh matematiklari yana bir joyga jamlandi

Turkmanistonning Ashxobod shahri universitet talabalarining VI xalqaro ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS -2026)ga  mezbonlik qilmoqda. 

Ushbu Olimpiadada Oliy matematika kafedrasi mudiri Rustamjon Muradov va kafedra oʻqituvchisi Ismoiljon Turgʻunov boshchiligidagi 4 nafar talabadan iborat NamDTU jamoasi ham ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga yetib bordi. 

Bu yilgi Olimpiadada Germaniya, Rossiya, Vengriya, Gretsiya, Eron, BAA, Oʻzbekiston, Tojikiston va boshqa davlatlarning  universitetlaridan 537 nafar talabalar A kategoriya (matematika va unga turdosh yo'nalishlar boʻyicha)  va B kategoriya (nomatematik boshqa barcha yoʻnalishlar)da ishtirok etishmoqda. Ushbu Olimpiada 28-mart sanasigacha davom etadi.

 NamDTU jamoasiga omad va zafarlar tilaymiz!

Boshqa yangiliklar