WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 MayMayMay 2026 16 ko'rishlar

1-may kuni xalqaro miqyosdagi nufuzli konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Navoiy innovatsiyalar universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari hamkorligida 2026-yil 1-may kuni “Sun’iy intellekt va globallashuv sharoitida raqamli axborot muhiti: ta’lim, til, madaniyat ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlar integratsiyasi muammolari va yechimlari” mavzusidagi gibrid (onlayn va oflayn) formatdagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Navoiy innovatsiyalar universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari hamkorligida 2026-yil 1-may kuni “Sun’iy intellekt va globallashuv sharoitida raqamli axborot muhiti: ta’lim, til, madaniyat, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlar integratsiyasi muammolari va yechimlari” mavzusida gibrid (onlayn va oflayn) formatdagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman muvaffaqiyatli tashkil etildi. Mazkur nufuzli anjuman sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va globallashuv sharoitida ta’lim tizimini takomillashtirish, fanlararo integratsiyani rivojlantirish hamda ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlandi. Konferensiya dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni bir ilmiy maydonga jamlab, dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni almashish va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim xalqaro platforma vazifasini o‘tadi.

Boshqa yangiliklar