WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 IyunIyunIyun 2026 20 ko'rishlar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi yo‘lida

Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun ADM JIZZAKH MChJ korxonasiga tanishuv ekskursiyasi jarayonlari

Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun ADM JIZZAKH MChJ korxonasiga tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. Tashrif davomida ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish maydonlari, zamonaviy texnologik uskunalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari hamda mahsulot sifatini nazorat qilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.  Shuningdek, korxona mutaxassislari bilan uchrashib, ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, innovatsion yondashuvlar va mehnat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur ekskursiya talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, sanoat korxonalaridagi zamonaviy ish jarayonlarini bevosita kuzatish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa yangiliklar