WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
05 AvgustAvgustAvgust 2026 17 ko'rishlar

UrDU rahbariyati va Hindistonning Academia tashkiloti o'rtasida raqamlashtirish bo'yicha onlayn muloqot o'tkazildi

UrDU rahbariyati Hindistonning Academia ilmiy-tadqiqot tashkiloti bilan ta'lim jarayonini boshqarishni raqamlashtirish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish masalalarini Zoom orqali muhokama qildi.

Urganch davlat universiteti rahbariyati va Hindistonning Academia ilmiy-tadqiqot tashkiloti vakillari o‘rtasida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ta’lim jarayonini boshqarishda inson omilini kamaytirish, ma’lumotlar almashinuvida tezkorlik hamda shaffoflikni ta'minlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun raqamli qulayliklar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar raqamli boshqaruv tizimlarini universitet faoliyatiga moslashtirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Boshqa yangiliklar