Olimlarimiz III Xalqaro Turkologiya Kongressida ma’ruza qildi
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida III Xalqaro Turkologiya Kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Kongress doirasida turli mamlakatlardan yig‘ilgan olimlar til, adabiyot, folklor, madaniyat, tarix, san’at, siyosatshunoslik, ijtimoiy siyosat va migratsiya tadqiqotlari, sotsiologiya, ekologiya, xalqaro munosabatlar kabi turli mavzularni muhokama qilishmoqda.
Bugungi tadbirlarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor Nigora Qodirova, professorlar Nigora Erkaboyeva, Dilnoza Jamoliddinova, dotsentlar Matluba Rasulova, Shahnoza Qarshiyeva, Ziyoda Mirzayunusovalarning belgilangan mavzularga oid ma’ruzalari tinglandi.
Eslatib o‘tamiz, III Xalqaro Turkologiya Kongressi Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Turkiyaning madaniyat va turizm vazirligi, TIKA, AMEA, Chankiri Karatekin universiteti, Turkologiya instituti hamkorligida tashkil etildi.