O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. ⭕️Uchrashuv davomida filial rahbari tomonidan 2025–2026-o‘quv yili yakunlari yuzasidan Psixologiya fakulteti talabalarining faoliyati tahlil qilinib, ularning erishgan yutuqlari va yuqori natijalari e’tirof etildi hamda munosib taqdirlandi. ⭕️Tadbir doirasida ilm-fan, innovatsiya va ijtimoiy faollik yo‘nalishlarida alohida natijalarga erishgan iqtidorli talabalar rag‘batlantirildi. Xususan, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi g‘oliblari hamda “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandilar. ⭕️Faxr bilan ta’kidlaymiz: ⭕️O‘zMU Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi talabalari — 🟢3-bosqich talabasi Xo‘jabekova Feruza Ilhomovna va 🟢2-bosqich talabasi Shukurov Otabek Sadriddin o‘g‘li “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, BHMning 20 baravari miqdoridagi grant sohibiga aylanishdi! 🔺Mazkur uchrashuv yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi. ⭕️Tadbirda filial direktori O.Turakulov ishtirok etib, faol va iqtidorli talabalarga tashakkurnomalarni tantanali ravishda topshirdi. ⭕️Talabalarimizni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
⭕️Uchrashuv davomida filial rahbari tomonidan 2025–2026-o‘quv yili yakunlari yuzasidan Psixologiya fakulteti talabalarining faoliyati tahlil qilinib, ularning erishgan yutuqlari va yuqori natijalari e’tirof etildi hamda munosib taqdirlandi.
⭕️Tadbir doirasida ilm-fan, innovatsiya va ijtimoiy faollik yo‘nalishlarida alohida natijalarga erishgan iqtidorli talabalar rag‘batlantirildi. Xususan, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi g‘oliblari hamda “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandilar.
⭕️Faxr bilan ta’kidlaymiz:
⭕️O‘zMU Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi talabalari —
🟢3-bosqich talabasi Xo‘jabekova Feruza Ilhomovna va
🟢2-bosqich talabasi Shukurov Otabek Sadriddin o‘g‘li
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, BHMning 20 baravari miqdoridagi grant sohibiga aylanishdi!
🔺Mazkur uchrashuv yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
⭕️Tadbirda filial direktori O.Turakulov ishtirok etib, faol va iqtidorli talabalarga tashakkurnomalarni tantanali ravishda topshirdi.
⭕️Talabalarimizni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi