05 AprelAprelAprel 2024
25 ko'rishlar
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida vatanparvarlik tadbirlari davom etadi!
Talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida sport o'yinlarini ommalashtirish maqsadida "Temurbeklar" koʻrik-tanloviga start berildi. Tanlovning 1-bosqichida ishtirokchilar arqon tortish, turnikda tortinish, qoʻllarni siqib yoyish, tosh koʻtarish kabi shartlarda oʻzaro kuch sinashishdi.
Shartlar yakunida jamoalar quyidagicha o'rinlarni egallashdi:
1-o'rin — Iqtisodiyot fakulteti jamoasi;
2-o'rin — Ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi jamoasi;
3-o'rin — Servis fakulteti jamoasi;
4-o'rin — Bank-moliya xizmatlari fakulteti jamoasi;
5-o'rin — Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti jamoasi.
Ishtirokchilar keyingi bosqichda sportning mini futbol hamda voleybol turlari bo'yicha bahslar olib borishadi.