21 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
172 ko'rishlar
Boshlang‘ich ta’lim: muammo va yechimlar konferensiya diqqat markazida
Boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish, unga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish va xalqaro baholash tajribalarini amaliyotga tatbiq etish bugungi kunda ta’lim sohasining eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Qo‘qon davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasida “Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy tendensiyalar va xalqaro baholash tajribasidan: muammo, yechimlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Anjuman mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim muloqot maydoniga aylandi.