WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 IyulIyulIyul 2026 8 ko'rishlar

Kasbiy ijodiy imtihon

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2026–2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlari o'tkazildi.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlari belgilangan tartib va tasdiqlangan jadval asosida muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vakolatli tashkilotlarning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, ochiqlik, shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazildi. Imtihon jarayonlarida barcha tashkiliy masalalar puxta yo‘lga qo‘yilib, abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Imtihonlar davomida abituriyentlarning tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, ijodiy salohiyati, sahna madaniyati, ijro mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda kasbiy layoqati malakali professor-o‘qituvchilar va ekspertlardan iborat imtihon komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida imtihonlar ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari uchun ochiq tarzda tashkil etildi. Shuningdek, imtihonlarning borishi belgilangan tartibda foto va video tasvirga olinib, jamoatchilikka tezkor axborot berib borildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan barcha abituriyentlarga o‘z bilim va iqtidorini namoyon etish uchun teng imkoniyatlar yaratildi. Imtihon natijalari belgilangan tartibda e’lon qilinib, qabul jarayonining qonuniyligi va shaffofligi to‘liq ta’minlandi.

Boshqa yangiliklar