WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 MayMayMay 2026 5 ko'rishlar

Portugaliyaning Bragansa politexnika universiteti professori sport yo‘nalishi talabalariga dars o‘tdi

Urganch davlat universitetiga tashrif buyurgan portugaliyalik professor Tiago Manuel sport tahlili uchun mo‘ljallangan "Kinovea" dasturi yordamida talabalarga innovatsion dars o‘tkazdi.

 Portugaliyaning nufuzli Bragansa politexnika universiteti professori Tiago Manuel Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitetning Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Professor sport harakatlarini tahlil qilishda qo‘llaniladigan “Kinovea” dasturi yordamida interaktiv dars o‘tib, talabalarni yangi metodlar va innovatsion yondashuvlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, u xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan OTMlarning ilg‘or tajribalari va zamonaviy ta’lim jarayonlari haqida o‘z bilimlarini ulashdi.

Boshqa yangiliklar