UrDUda Ispaniyaning Granada universiteti professori ma'ruza qildi
Urganch davlat universiteti Algebra va matematik injiniring kafedrasida Ispaniyaning Granada universiteti professori Pedro-Xose Torres Vilyarroya ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Bugun Urganch davlat universiteti Algebra va matematik injiniring kafedrasida xorijlik olim ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi. Unda Ispaniyaning Granada universiteti Amaliy matematika kafedrasi professori Pedro-Xose Torres Vilyarroya “Periodic solutions for the Lorentz force equation” (Lorens kuchi tenglamasi uchun davriy yechimlar) mavzusida ma'ruza qildi.
Mashg'ulotda kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Mazkur seminar xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, xorijiy tajribalarni ommalashtirish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.