WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 MartMartMart 2026 4 ko'rishlar

Gretsiyalik professor Urganch davlat universitetida ilmiy ma’ruza qildi

Gretsiyaning Egey universiteti professori Dimitrios Konstantinides UrDUda ehtimollar nazariyasi va risk modellari bo‘yicha xalqaro ilmiy seminar o‘tkazdi.

Joriy yilning 24-mart kuni Urganch davlat universitetida Ozarbayjon davlat arxitektura va qurilish universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarda Gretsiyaning Egey (Aegean) universiteti professori Dimitrios Georgiy Konstantinides mehmon ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. U “Uniform asymptotics for a multidimensional renewal risk model with multivariate subexponential claims” mavzusida ma’ruza qilib, quyidagi masalalarga to‘xtaldi:

  • Ko‘p o‘lchovli yangilanish (renewal) risk modellari;

  • Ehtimollar nazariyasining zamonaviy yo‘nalishlari;

  • Subeksponensial taqsimotlar sharoitida risk jarayonlarining asimptotik xatti-harakatlari.

Tadbirda universitetning Fizika-matematika fakulteti jamoasi, O‘zRFA V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm hududiy bo‘linmasi olimlari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Seminar nazariy natijalarning risklarni boshqarishdagi amaliy ahamiyatini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.


Boshqa yangiliklar