01 MayMayMay 2024
107 ko'rishlar
TDIU professori, iqtisodiyot fanlari doktori AQSHning Nyu York fanlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilindi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori Bozorboy Berkinov Nyu York fanlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilindi.
Shu o‘rinda aytish joizki, Bozorboy Berkinov uzoq yillardan buyon ilmiy faoliyat bilan samarali shug‘ullanib kelmoqda.
Uning muallifligida 10 ta monografiya, 30 ta o‘quv-qo‘llanma hamda 5 ta darslik, 10 ga yaqin risolalari chop etilgan.
Shuningdek, u dunyoning qator davlatlarida bo‘lib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tajriba hamda malakasini oshirgan.
Uning ilmiy rahbarligida bir nechta iqtisodiyot fanlari nomzodi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) yetishib chiqqan.