06 IyunIyunIyun 2024
44 ko'rishlar
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR EʼTIROF ETILDI
Qo‘qon davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda institut rektori Dilnoza Xodjayeva, soha prorektorlari, kengash a’zolari va taklif qilingan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Kengash majlisi avvalida Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan fan doktori ilmiy darajasi hamda dotsent ilmiy unvoniga loyiq topilgan professor-o‘qituvchilarga diplom va esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng, Kengash kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z ishini davom ettirdi.