Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Nukus konchilik instituti professor-o‘qituvchilari va yosh talabalar ishtirok etdi
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Nukus konchilik instituti professor-o‘qituvchilari va yosh talabalar ishtirok etdi
2023-yil 17-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Baishev universitetida Rossiya Federatsiyasining Orlov iqtisodiyot universiteti va Nukus konchilik instituti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqot va yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Nukus konchilik institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishtirok etdi. g-m.i.k Djaksimuratov Karamatdin Mustapaevich va konchilik yo‘nalishi 2-kurs talabasi Yoldoshbayeva Aysuliw, kimyoviy texnologiya yo‘nalishi 4-kurs talabasi Abdirazakov Islom, “I. Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi” talabalari o‘z chiqishlari bilan qatnashdilar.
Anjumanda o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi. Endilikda bunday xalqaro anjumanlarni muntazam o‘tkazib turish zarurligi ta’kidlandi va qo‘llab-quvvatlandi.