WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 IyunIyunIyun 2026 18 ko'rishlar

Uxan universiteti delegatsiyasi bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri bo‘lgan Uxan universiteti (XXR) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ikki oliygoh o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash va hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama markazida bo’ldi. Xususan, talabalar mobilligini, professor-o’qituvchilar almashinuv dasturlarini yana-da kengaytirishga alohida urg’u berildi.

Rasmiy uchrashuvdan so‘ng, Uxan universiteti delegatsiyasi Menejment fakulteti talabalari uchun maxsus seminar o‘tib berishdi. Seminarda talabalarga Uxan universitetining magistratura bosqichidagi grant dasturlariga hujjat topshirish tartibi, asosiy ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro grantlarni qo‘lga kiritish sirlari haqida batafsil ma’lumot berildi. E’tiborli jihati, Uxan universitetining faxrli bitiruvchisi, hozirda TDIUda faoliyat yuritayotgan DSc. Z. Kuldasheva iqtidorli talabalariga kelgusida Xitoyda grant yutish va ta’lim olish jarayonlarida alohida imtiyoz hamda afzalliklar berilishi uchrashuv davomida alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, Uxan universiteti o‘zining akademik salohiyati bilan xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab keladi. Xususan, Shanghai Ranking’da 81,
THE World University Rankings’da 122,
QS World University Rankings’da 186 o’rinlarni egallab turibdi.

Boshqa yangiliklar