WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 MayMayMay 2026 18 ko'rishlar

Zamonaviy ta’limda sun’iy intellektni qo‘llashning istiqbollari va muammolari

Zamonaviy ta’limda sun’iy intellektni qo‘llashning istiqbollari va muammolari

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Zamonaviy ta’limda sun’iy intellektni qo‘llashning istiqbollari va muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. Mazkur anjuman zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, ularning amaliy ahamiyati hamda istiqboldagi imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Tadbir doirasida mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislari o‘z ilmiy qarashlari va tajribalari asosida fikr almashmoqda. Anjumanning asosiy yo‘nalishlari sifatida ta’lim sohasida sun’iy intellektning qo‘llanilishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamlashtirish jarayonlari, innovatsion yondashuv va metodikalar, iqtisodiyot hamda servis sohasida AI yechimlari, xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi, shuningdek, ilm-fan va ta’lim integratsiyasining dolzarb masalalari belgilangan. Nufuzli tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, sun’iy intellektning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, raqamli transformatsiya jarayonlari va innovatsion yondashuvlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mutaxassislar o‘z chiqishlarida sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, o‘quv jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy tadqiqotlarda innovatsion yechimlardan foydalanish hamda talabalar bilimini samarali baholashdagi imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Boshqa yangiliklar