WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 MayMayMay 2026 7 ko'rishlar

Xitoyning Xuzhou texnika universiteti va XCMG kompaniyasi bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Urganch davlat universitetida Xitoyning XCMG korporatsiyasi va Xuzhou texnika universiteti bilan hamkorlikda muhandislik va mashinasozlik yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugun Urganch davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining yirik sanoat korxonalaridan biri sanalgan XCMG kompaniyalar guruhi – “Uz XCMG”ning bosh direktor o‘rinbosari Su Haiy Ang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi. Muzokaralarda Xitoyning Xuzhou texnika universiteti rahbariyati ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
Muloqot davomida UrDU, Xuzhou texnika universiteti va XCMG kompaniyasi o‘rtasida texnika hamda mashinasozlik yo‘nalishlarida xalqaro standartlarga mos, amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Xususan, ushbu sohalarda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish va talabalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar