WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 AprelAprelAprel 2026 10 ko'rishlar

QDU delegatsiyasi "WORLD EDU 2026 Spring" V xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Joriy yilning 10-11-aprel kunlari Samarqand shahridagi "SOF EXPO Samarqand" xalqaro ko‘rgazmalar markazida "WORLD EDU 2026 Spring" V xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan oliy ta’lim muassasalari, ta’lim tashkilotlari va ekspertlar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniga ega bo‘ldi.

Joriy yilning 10-11-aprel kunlari Samarqand shahridagi "SOF EXPO Samarqand" xalqaro ko‘rgazmalar markazida "WORLD EDU 2026 Spring" V xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan oliy ta’lim muassasalari, ta’lim tashkilotlari va ekspertlar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniga ega bo‘ldi. Ko‘rgazmada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. Xususan, universitetning Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Sh.Shaniyazov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Q.Aybatov, Shahar qurilishi va xo‘jaligi kafedrasi boshlig‘i J.Turgayev, shuningdek, Xalqaro hamkorlik bo‘limi metodistlari I.Ermekbayeva va G.Xodjekeevalar ishtirok etdi. Tadbir davomida universitetimiz tomonidan xorijiy va mahalliy talabalarni jalb qilish maqsadida maxsus tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, universitet faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi tarqatma materiallar ishtirokchilarga taqdim etildi. "WORLD EDU 2026 Spring" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining ta’lim xizmatlarini keng targ‘ib qilish, xorijiy talabalarni jalb qilish va global ta’lim makonida o‘z o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar