WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 OktabrOktabrOktabr 2024 6 ko'rishlar

"Qizlar forumi"da NamMTI vakillari faol ishtirok etdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining katta majlislar zalida 11-oktyabr — "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan “Sening tashabbusing — sening kelajaging uchun” shiori ostida katta "Qizlar forumi" bo‘lib o‘tdi. Tadbir qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning o‘z tashabbuslari orqali kelajakda muvaffaqiyatli rivojlanishiga yordam berish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu muhim tadbirda Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari ham faol ishtirok etdilar. Institutning Kimyo-texnologiya fakulteti dekanining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Karimova va institut "Qizlarjon" klubi raisi G.Jamoliddinova forumning dolzarb masalalariga o‘z munosabatlarini bildirib, qizlarning tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatlari bo‘yicha qimmatli fikrlarini o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida qizlarning kelajakdagi rivojlanishlari uchun yangi yo‘nalishlar, ta'lim va ijtimoiy sohalardagi imkoniyatlar muhokama qilindi. Forum qizlar uchun ilhomlantiruvchi tajriba bo‘ldi va ularga o‘z tashabbuslari bilan yangi marralarni zabt etishga rag‘bat berdi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar