24 OktabrOktabrOktabr 2025
75 ko'rishlar
Ta’lim sifati va zamonaviy strategiyalar — xalqaro anjumanda muhokama markazida
Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar pedagogik jarayonni takomillashtirish, boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy metodlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan. Shu maqsadda Qo‘qon davlat universitetida xalqaro miqyosda ilmiy muloqotlar tashkil etilib, ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilmoqda.
Shu yo‘nalishda universitetning Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fakultetida “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy ta’lim-tarbiya: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.