04 AprelAprelAprel 2025
57 ko'rishlar
Mutolaa – ma’naviyat mezoni
Axborot-resurs markazida Oʻzbek va rus filologiyasi fakultetining talabalari ishtirokida “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida kitob o‘qishning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, mutolaa madaniyatini yoshlar orasida shakllantirish hamda uni keng ommaga targ‘ib qilish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar o‘z hayotiy tajribalari, o‘qigan sevimli asarlari va ular orqali olgan saboqlari bilan bo‘lishdilar.
Suhbat jarayoni iliq va samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan qiziqish, mutolaaga intilish tuyg‘ularini kuchaytirdi.