30 AvgustAvgustAvgust 2025
92 ko'rishlar
#Eʼtirof
Qoʻqon davlat universiteti Kengashining majlisida Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga binoan ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Universitet rahbariyati mazkur ilmiy yutuqlar nafaqat shaxsiy mehnat va izlanishlarning mevasi, balki butun jamoa uchun muhim ekanini taʼkidladi. Shuningdek, ilmiy salohiyatning yuksalishi taʼlim sifatini oshirishda, yosh kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lishi qayd etildi.
Taqdirlangan professor-o‘qituvchilar hamkasblariga minnatdorlik bildirib, kelgusida ham ilmiy izlanishlar, dars jarayonlari va ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlarini taʼkidladilar.