UrDU rektori Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi
Xitoyning Dalyan shahrida o‘tkazilgan gumanitar almashuv simpoziumida UrDU rektori Feruza Madrahimova O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida ma’ruza qildi.
-
Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning Xitoy Xalq Respublikasi Lyaonin provinsiyasi Dalyan shahridagi Lyaonin pedagogika universitetiga xizmat safari davom etmoqda. Safar doirasida "Xitoy-O’zbekiston gumanitar almashuv va mintaqaviy sivilizatsiyalar o’zaro o’rganish" mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi. Unda Urganch davlat universiteti rektori O’zbeksiton-Xitoy hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur tashrif ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Safar tafsilotlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib boriladi.