WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 AprelAprelAprel 2026 6 ko'rishlar

UrDU rektori Turkiyaning Selchuk universiteti professori Mustafa Demirjini qabul qildi

Urganch davlat universitetida Turkiyaning Selchuk universiteti vakili bilan Islom sivilizatsiyasi tarixi hamda oliygohlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

  • Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova Turkiyaning Konya shahridagi Selchuk universiteti “Selchuklu” tadqiqotlari instituti direktori, O‘rta asrlar va Islom sivilizatsiyasi professori Mustafa Demirjini qabul qildi. Uchrashuvda Xorazm vohasining boy tarixiy merosi, bu hududdan yetishib chiqqan buyuk allomalar hamda ularning Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Shuningdek, muloqot davomida Urganch davlat universiteti va Selchuk universiteti o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Boshqa yangiliklar