Ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan…
Ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan…
Shu yilning 20-iyun kuni Hurmatli Prezidentimiz raisligida bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida muhandislik sohasidagi OTM larni takomillashtirish, muhandis kadrlarni tayyorlash tizimidagi ustuvor masalalar va «tarmoq-korxona-oliygoh» asosida har bir oliygohga sanoat hamkori belgilab beriladi. Shuningdek, barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedra filiallarini ochish va dual ta’limni yo’lga qo’yish. Talabalarning amaliyoti va bitiruv kursdagi ta’limi to’liq hamkor korxonalarda tashkil qilinadi – deb belgilab bergan edi.
Shu vazifalar ijrosi yuzasidan, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori B.Mardonov va Navoiy kon-metallurgiya kombinatini bir qator muttaxasislar Nukus konchilik institutida bo’ldi.
Taxiatosh tumanidagi «Taxiatosh metall konstrukciyalar va nostandart jihozlar ishlab chiqarish» zavodida kafedra filialini ochish, o’quv laboratoriya jihozlarini joylashtirish va ishlab chiqarish bilan ta’limni boǵlash masalalari to’liq o’rganib chiqildi.
Kelgusida laboratoriya jihozlari ishga tushirilgan keyin talabalarning amaliyot o’tash, ishga joylashishi, startap loyihalar va yangi istiqbolli yo’nalishlar bo’yicha imkoniyatlar eshigini ochib berishi bilan ahamiyatli.