Rektor Sherzod Ne’matov professor Li Longhui boshchiligidagi Nankin Normal universiteti iqlim tizimini prognozlash va o‘zgarishi bo‘yicha milliy (davlat) laboratoriyasi olimlari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida har ikki tomon uchun manfaatli masalalar muhokama qilindi. Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur bitimda xalqaro qo‘shma laboratoriya tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo'shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda tadqiqot olib borish, seminarlar va anjumanlar o‘tkazish kabi maqsadlar belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur laboratoriya iqlim prognozi va modellashtirish usullarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishining ta’siri va xavflari tahlili, shu jumladan ekstremal ob-havo holatlarining shakllanishi va tarqalishi mexanizmlarini o‘rganish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.