WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
03 AvgustAvgustAvgust 2026 30 ko'rishlar

Buxoro davlat texnika universiteti vakillari “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi

Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida tashkil etilgan “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida Buxoro davlat texnika universiteti vakillari ham faol ishtirok etib, universitetning ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyati, innovatsion loyihalari hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini xorijiy auditoriyaga keng targ‘ib qildilar.

Ko‘rgazma davomida universitet stendida xorijiy abituriyentlar, ta’lim sohasi vakillari va hamkor tashkilotlarga Buxoro davlat texnika universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, ilmiy izlanishlar, akademik almashinuv dasturlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur xalqaro ta’lim ko‘rgazmasidagi ishtirok universitetning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy talabalarni Buxoro davlat texnika universitetiga jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Buxoro davlat texnika universiteti – xalqaro ta’lim maydonida yangi imkoniyatlar sari!

Boshqa yangiliklar