WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 FevralFevralFevral 2026 22 ko'rishlar

TDSHU vakillari O’zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasida

2026 yil 22-fevral kuni TDSHU delegatsiyasi O’zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida elchixona tomonidan TDSHU rahbariyati hamda delegatsiyasi a’zolariga «O’zbekiston madaniyat kuni» tadbirini o’tkazishda ko’rsatgan tashabbusi va faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirildi. Uchrashuv davomida Polsha elchixonasida TDSHU talabalarining amaliyotini tashkil etish borasida muhokamalar olib borildi. Shuningdek, Osiyo Tinch okeani muzeyiga ham tashrif uyushtirildi hamda Osiyo Tinch okeani muzeyi bilan TDSHUning hamkorlik masalalari, xususan, muzey xodimlariga yozgi maktab tashkil etish, muzeyshunoslikka oid tadqiqotlar olib borish kabi masalalar muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar