20 FevralFevralFevral 2026
21 ko'rishlar
Xalqaro konferensiya doirasida rossiyalik professorlar institutda bo‘ldi
Ertaga institutda o‘tkaziladigan “Akusherlik va ginekologiyada innovatsion yondashuvlar va multidisiplinar integratsiya” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan nufuzli professor-o‘qituvchilar institutimizga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institut rektori Shuhrat Teshayev kutib oldi. Uchrashuv davomida mehmonlar institutning muhim markazlari, muzeyi, Smart issiqxona hamda Simulyatsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.




Rossiyalik mutaxassislar ta’lim va amaliyot integratsiyasi, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi hamda innovatsion yondashuvlarga yuqori baho berdi.



