WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 SentabrSentabrSentabr 2026 24 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universiteti olimlari dunyoning TOP-100 universitetlaridan birida stajirovka o‘tamoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahrorxon Hoshimxonov hamda Ma’muriy va moliya huquqi shu’basi dotsenti Sherzod Jo‘rayev Shvetsiyaning nufuzli Lund universitetida ilmiy-amaliy stajirovka o‘tamoqda.

 Tashrif doirasida TDYU vakillari “The Mahalla Institution in Uzbekistan: Recent Reforms and the New Governance Model” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimotda O‘zbekistondagi mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyati, rivojlanish tendensiyalari hamda islohotlar davrida erishilgan yutuqlar qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilindi.

 Mazkur stajirovka TDYU professor-o‘qituvchilarining ilmiy va amaliy tajribasini boyitish, ilg‘or tadqiqot usullarini o‘zlashtirish, xorijiy olimlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish hamda TDYU va Lund universiteti o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

 Ma’lumot uchun: 1666-yilda tashkil etilgan Lund universiteti QS World University Rankings xalqaro reytingida 71-o‘rinni egallagan bo‘lib, Shvetsiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar