WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 AprelAprelAprel 2024 48 ko'rishlar

Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetiga ilmiy stajirovka safari

Guliston davlat pedagogika institutining 4 nafar professor-o‘qituvchilari Qozog'istonning QS dunyo universitetlari xalqaro reytingida 250-o‘rindan joy olgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetida ilmiy stajirovka o'tashdi.

#xalqaro_hamkorlik
#GulDPI_olimlari

🌐4 nafar professor-o‘qituvchilarimiz, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Faxriddinov Yoqubjon Abubakir o‘g‘li,  O'zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi dotsenti Jabbarova Dilbar Darmanovna, Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti Kanimkulov Olimjon Sheraliyevich hamda Pedagogika kafedrasi dotsenti Isayeva Guli Parpiyevnalar Qozog'istonning QS dunyo universitetlari xalqaro reytingida 250-o‘rindan joy olgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetida ilmiy stajirovka o'tashmoqda. 

🏛Shu qatorda Almati shahrida Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining 90 yilligi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar, yetakchi ilmiy markazlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2024-yil 4-apreldan 12-aprelgacha o'tkazilayotgan III Xalqaro Farobiy Forumida ishtirok etishmoqda.

💡Professor-o‘qituvchilarimiz hamda  forumga tashrif buyurgan xorijiy ta'lim sohasidagi ekspertlar o‘zlarining bilim va ko'nikmalarini bir birlari bilan o'rtoqlashmoqdalar.

🤝 Ta’lim muassasalari o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashga va ilmiy sohada maqolalar va darsliklarni hammualliflikda nashr etishga kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar